Toshkentda qurilish firmasining 20 nafar xodimi ovqatdan zaharlandi
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qurilish firmasining ishchilari tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.
Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning ahvoli qoniqarli darajada.
«Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, iste’mol uchun mo‘ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:57 / 12.09.2024
Toshkentdagi Muhteshem doner kafesi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
20:28 / 13.04.2024
Buxoroda 50 dan ortiq odam ovqatdan zaharlandi
19:22 / 18.02.2023
Toshkent viloyatida bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
22:56 / 02.02.2023