Jahon | 15:42 / 23.01.2023
16188
6 daqiqa o‘qiladi

Vayronalar orasidagi limanliklar, istilo ostidagi Kreminna hayoti. Urush suratlari

 Ukrainada urushning 333-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrainalik razvedkachi va RF bilan muzokaralar ishtirokchisi Denis Kireyev Ukraina xavfsizlik xizmati avtomobilida o‘ldirilgan, bu haqda Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanov ma’lum qildi. Uning aytishicha, Kireyev ikkiyoqlama agent bo‘lishi mumkin emasdi, uning vazifasi Rossiya bilan 2022 yil martidagi muzokaralarda jarayonni cho‘zish va bu orqali Ukraina qurolli kuchlari uchun vaqtdan yutishga imkon berish bo‘lgan.
  • Ukrainalik jurnalistlar o‘z mamlakati mudofaa vazirligini harbiy xizmatchilar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bozor narxidan ikki-uch barobar qimmatga xarid qilishda gumonladi. Vazirlik bu boradagi surishtiruv «chalg‘ituvchi fikr» ekanini bildirib, bu borada Ukraina xavfsizlik xizmatiga murojaat qilishga va’da berdi. Davlat auditorlik xizmati tuzilgan harbiy shartnomalarni tekshirishga kirishdi.
  • Polsha hukumati nemis tanklarisiz ham «kichik koalitsiya» Ukrainaga tanklar yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga keldi. U Bucha va Borodyankada bo‘ldi, shuningdek Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
  • Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilishi fonida G‘arb davlatlariga «global falokat» va «yakson etish» bilan tahdid qildi.

Dniproda xotirlash marosimi 

Pravoslav ruhoniylar Dniprodagi turar joy binosi oldida janoza marosimi o‘tkazishdi. 14 yanvar kuni Rossiya Ukraina bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘llagan; Dniproda raketa to‘qqiz qavatli uyga tushgan va ikki pod’yezdni qulatgandi. Jami 46 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralangan va bedarak ketgandi. Ukraina tomoniga ko‘ra, rossiyaliklar tovush tezligida harakatlanuvchi X-22 qanotli raketasidan foydalangan, u  Kursk oblastidan uchirilgan. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Dniprolik ayol 14 yanvar kuni raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uy oldidagi xotirlash marosimida
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Limandagi hayot

Ukraina qurolli kuchlari oktyabr oyi boshida Donetsk oblastining Liman shahrini qaytarib olgandi. Bu kuz o‘rtalaridagi qarshi hujum natijasi bo‘lgandi — bungacha Rossiya armiyasi to‘rt oy davomida ushbu shaharni okkupatsiya qilib turgandi. RF mudofaa vazirligi o‘shanda Liman boy berilishini qo‘shinlarni «nisbatan qulayroq pozitsiyalarga olib o‘tish» zarurati bilan izohlagandi. Shahar hamon otishmalardan jabr chekmoqda, aholi yerto‘lalarda yashashga majbur bo‘lmoqda.

Limanda otishmalardan keyingi vayrongarchiliklar orasida joylashgan ko‘cha bozoridagi aholi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Limanlik ayol ko‘p kvartirali uy yerto‘lasida ovqat tayyorlamoqda, u bu yerda onasi, qizi va to‘rt qo‘shnisi bilan birga yashaydi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Limanlik ayol yerto‘lada tayyorlangan ovqatlarni olib ketmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Limanlik keksa yoshli ayol 273 kundan buyon yerto‘lada yashamoqda: uning ko‘p qavatli uyning yuqori qavatida bo‘lgan kvartirasi (fotoda) aprel oyidagi zarbalar vaqtida vayron bo‘lgan
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Limanlik ayol aprel oyida vayron bo‘lgan uyi yaqinidagi hovlida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Istilo ostidagi Kreminna

Aprel oyi o‘rtalariga kelib Luhansk oblastidagi Kreminna shahrida ko‘cha janglari yakunlangan va rossiyalik harbiylar shaharni o‘z nazoratiga olgandi. Kreminna Luhanskdan taxminan 125 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan, Lisichanskdan esa 33 km masofada. Kreminna Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumi maqsadlaridan biri: hozirga qadar ukrainlar rossiyaliklarning ushbu hududdagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayga ko‘ra, rossiyaliklar shaharga qo‘shimcha kuchlar keltirgan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti tahlilchilari hisoblashicha, yaqin vaqtlar ichida Rossiya qo‘shini Luhansk oblastida yirik yurish boshlashi mumkin. 

Kreminna shahriga kirishda turgan harbiy avtomobil. Bannerda ukrain tilida shunday yozilgan: «Kreminna sizni qutlaydi». Sentyabr oyida «LXR» Rossiya tarkibiga «kirgandi». Bosib olingan hududlarda «referendum»lar o‘tkazgan RF hukumati «LXR» hududi aholisining 98 foizi RF tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berganini ma’lum qilgan.
Aleksandr Reka / TASS
Mahalliy aholi vakili otishmalar oqibatida shikastlangan uyini ta’mirlamoqda
Aleksandr Reka / TASS
Kreminnadagi ko‘cha bo‘ylab ketayotgan rossiyalik harbiy xizmatchilar
Aleksandr Reka / TASS

Mavzuga oid