«U imkoniyatni boy berdi» - Ilya Varlamov Toshkent shahrining sobiq hokimi haqida
Rossiyalik mashhur bloger O‘zbekistonning katta shaharlari hokimlariga birgalikda sayr qilib, odamlar muammosi bilan qiziqib ko‘rishni taklif qilganini aytdi.
Rossiyalik jurnalist, videobloger, shaharshunos va jamoat arbobi Ilya Varlamov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning lavozimdan olinishi masalasiga e’tibor qaratdi.
«O‘tgan hafta sovuq antitsiklon O‘zbekistonni qamrab oldi va butun mamlakat bo‘ylab energetika inqiroziga olib keldi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning ko‘plab aholisi kunlarni issiq suv, gaz, elektr va issiqlik ta’minotisiz o‘tkazdi. Keyinroq davlat rahbari Toshkent shahar hokimini faoliyatidagi kamchiliklari tufayli lavozimidan chetlatishga qaror qildi», dedi bloger.
Shuningdek, Ilya taxminan bir oy oldin O‘zbekistonning istalgan yirik shahri hokimiga o‘zining «Bolshaya doroga s merom» loyihasida ishtirok etishni, shahar ko‘chalarida birgalikda sayr qilishni, odamlar bilan suhbatlashib, obodonlashtirish, infratuzilma, arxitektura va boshqa masalalar bo‘yicha muammolarni muhokama qilishni taklif etganini, ammo bu taklifi e’tiborsiz qoldirilganini aytdi.
«Toshkent shahar hokimi men bilan sayr qilishi mumkin edi, uni baribir ishdan bo‘shatishdi. Qisqasi, u allaqachon loyihamda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Umid qilamanki, uning vorisi sal dadilroq bo‘ladi», - dedi Varlamov.
Ilya Varlamov 2017 yildan buyon shaharsozlik, qulay infratuzilma va siyosatga bag‘ishlangan YouTube kanalini yuritadi. 2023 yil yanvar holatiga uning obunachilari soni 4 milliondan oshgan. Ko‘rsatuvlari 1,3 milliard marta tomosha qilingan. Varlamov dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham bo‘lib, shaharsozlik, obodonlashtirish, infratuzilma muammolariga bag‘ishlangan foto va video materiallarni e’lon qilgan.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
13:30 / 10.11.2024