«Yuksalish» Energetika vazirligini «Gazprom» bilan imzolangan «Yo‘l xaritasi» mazmunini ochiqlashga chaqirdi
O‘zbekiston Energetika vazirligi va «Gazprom» o‘rtasida gaz sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolangani ijtimoiy tarmoqlar faollari va jamoatchilikda savollar uyg‘otdi. Bu energetika tizimi mustaqilligiga tahdid deb qaralayotgan «Gaz ittifoqi» loyihasi tomon qadam sifatida talqin qilinmoqda.
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov O‘zbekiston gaz masalasida Rossiya bilan «Yo‘l xaritasi» imzolagani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Avvalo, Energetika vazirligi mazkur «Yo‘l xaritasi»ning umumiy mazmuni haqida jamoatchilikka xabar berishi lozim deb hisoblaymiz. Kelgusida bunday hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, avval vazirliklarimiz rasmiylari tomonidan e’lon qilinishi kerak.
Shu bilan birgalikda, huquqiy jihatdan, «Yo‘l xaritasi» tomonlarga hech qanday majburiyat yuklamaydi, huquqiy oqibat tug‘dirmaydi. Tomonlarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hujjat turi hisoblanadi», deya qayd etadi u.
2022 yil dekabrida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini aytgani eslatib o‘tilgan: «...Biz gaz va elektr energiyasini qandaydir alyans yoki ittifoq orqali emas, balki qo‘shni davlatlardan import qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz».
Bekmurodov bu O‘zbekiston manfaatlari uchun eng to‘g‘ri pozitsiya ekanini ta’kidlagan.
«Milliy manfaatlarimiz uchun bu eng to‘g‘ri pozitsiya ekanligini ta’kidlagan holda, Hukumatning energetik inqirozni bartaraf etish hamda kelgusida bunday xavflarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha diplomatik va amaliy harakatlarini qo‘llab-quvvatlash lozimligini bildiramiz», deya yakunlanadi post.
24 yanvar kuni «Gazprom» matbuot xizmati kompaniya rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘rtasida gaz sohasidagi hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolangani haqida xabar berdi. Xabarda tafsilotlar ochiqlanmagan.
Avvalroq Rossiya O‘zbekistonga gaz uzatish uchun mamlakatning gaz-transport tizimini “Gazprom”ga berishni so‘ragani, shunday talab Qozog‘iston oldiga ham qo‘yilgani ma’lum bo‘lgandi.
«Interfaks»ning yozishicha, Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonda ichki gaz iste’molning o‘sishi va Xitoy oldidagi eksport majburiyatlarini hisobga olgan holda, Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirmoqchi.
O‘zbekistonlik jurnalist Shuhrat Latipov O‘zbekiston «O‘ztransgaz» va «Hududgazta’minot» gaz transporti tizimini rossiyaliklarga ishonchli boshqaruvga berishga rozi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Mavzuga oid
15:34 / 20.10.2024
Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga viza rejimini joriy etishga chaqirdi. Jamoatchilik bunga javob qaytardi
23:44 / 19.10.2024
“Yashil” elektr stansiyalar orqali atmosferaga yiliga 21 mln tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi - Energetika vazirligi
23:13 / 08.10.2024
Energetika vazirligi quyosh panellari bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladigan telefon raqamlari sonini oshirdi
09:00 / 04.10.2024