Eronda Ozarboyjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi
Elchixona xodimi halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohatlandi.
Tehronda Ozarboyjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Oqibatda elchixona xavfsizlik xizmati boshlig‘i halok bo‘ldi, yana ikki xodim yaralandi, deb xabar berdi Ozarboyjon TIV matbuot xizmatiga tayangan holda «Kommersant’».
TIV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 8:30 atrofida sodir bo‘lgan. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan shaxs elchixonaga bostirib kirib, o‘q uzgan. Xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri u bilan kurashib, qurolni tortib olishga uringan.
Hujum tafsilotlari aks etgan videoni Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova e’lon qildi. U «elchixona xodimi xuddi sher kabi kurashganini» ta’kidladi.
Tehron politsiyasi boshlig‘i Sardor Husayn Rahimiy hujumchi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, erkak «shaxsiy va oilaviy muammolar» tufayli hujum uyushtirganini aytgan.
Ozarboyjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirish fakti yuzasidan tergov boshlandi. Ozarboyjon TIV voqea tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq batafsil e’lon qilinishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:20 / 08.11.2024
Qorabog‘ safari: Jafokash Fuzuliy va yangilanayotgan Zangilon
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024