Nukusdagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi
Vayronalar ostidan yana 4 kishining jasadi topildi.
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi. FVVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda.
«29 yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri «Temir jol» MFYdagi 4 qavatli uyning to‘rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino konstruksiyalariga qisman shikast yetgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli idoralar xodimlari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishgan.
30 yanvar kuni soat 02:30 larda FVV qutqaruvchilari tomonidan turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgandi. Shuningdek, oradan 30 daqiqa o‘tib bino konstruksiyalari orasidan bir kishi jasadi topilgandi.
Erta tongga kelib, vayronalar ostidan yana 4 nafar fuqaroning jasadi topilib, jami halok bo‘lganlar 5 nafar bo‘ldi», deyiladi vazirlik xabarida.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:33 / 19.09.2024
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi – shartlar qanday?
10:02 / 19.09.2024
Telegram’dan soxta havola jo‘natib o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19:35 / 09.09.2024
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
11:14 / 07.09.2024