Fan-texnika | 22:27 / 31.01.2023
60911
1 daqiqa o‘qiladi

Geely uchar avtomobilning birinchi sinovlarini o‘tkazdi 

Avtomobil 5 o‘rindiqli va vertikal uchish-qo‘nish xususiyatiga ega. 

Foto: autohome.com.cn

Geely kompaniyasi AE200 X01 uchar avtomobilining ilk sinovlarini o‘tkazdi, deb xabar berdi Xitoyning Autohome portali. 

AE200 X01 - bu shahar va shaharlararo parvozlar uchun mo‘ljallangan besh o‘rindiqli vertikal uchish va qo‘nish (eVTOL) xususiyatiga ega avtomobil. 

Geely 2022 yil avgust oyida uchar avtomobil ishlab chiqilishini e’lon qilgan edi. U Geely kompaniyasining aviatsiya bo‘limi Wofei Changkong Technology tomonidan ishlab chiqilmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida model sertifikatlangan. Uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilmagan. 

CarNewsChina portaliga ko‘ra, uchar avtomobil bo‘yicha barcha ishlarni 2024 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid