AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanyapti
Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Oq uy matbuot kotibining birinchi o‘rinbosari Oliviya Dalton.
U AQSh prezidenti Jo Baydenning Kiyevga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan bosh tortgani haqida izoh berishni rad etdi, biroq Vashington Ukrainaga katta miqdordagi qurol-yarog‘lar, jumladan, artilleriya o‘q-dorilari, zirhli texnikalar va havo hujumidan mudofaa vositalarini o‘tkazayotganini ta’kidladi.
Prezident Jo Bayden 30 yanvar, dushanba kuni jurnalistlarning Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermoqchimi yoki yo‘qligi haqidagi savoliga salbiy javob berdi. «Yo‘q», - deya uning javobini keltirdi AFP agentligi.
26 yanvar kuni Baydenning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Fayner MSNBC telekanalining Kiyevga F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqdami yoki yo‘qligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Vashington «buni istisno etmasligini» aytdi.
O‘sha kuni Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx jurnalistlarga bunday yetkazib berish masalasi «kun tartibidan olib tashlanmasligini» tasdiqladi va ukrainalik uchuvchilar F-16'dan foydalanish uchun uzoq tayyorgarlikdan o‘tishlari kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51 / 06.10.2024
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
22:02 / 05.10.2024