Jamiyat | 11:37 / 04.02.2023
19289
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 ta tumandagi do‘konlardan o‘g‘rilik qilishda gumonlangan shaxs ushlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan bir nechta do‘konlardan o‘g‘rilik qilishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi.

Foto: Getty Images

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 15 yanvar kuni, noma’lum shaxs tuman hududida joylashgan do‘kondan jami 21 500 000 so‘mlik texnikani o‘g‘irlab ketgan.

IIBB xabariga ko‘ra, jinoyatni fosh etish maqsadida tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilib, tez orada muqaddam sudlangan 35 yoshli A.D. qo‘lga olindi. 

Tergov jarayonida A.D. avvalroq Sergeli, Chilonzor va Mirobod tumanlarida joylashgan yana uchta do‘kondan 45 000 000 so‘mdan ortiq turli xil tovarlarni o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov davom etib, gumonlanuvchining shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid