Jamiyat | 11:10 / 04.02.2023
28275
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgani haqida xabar tarqaldi. IIV izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlashmoqchi bo‘lishgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: IIV

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, joriy yilning 1 fevral kuni Shayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132-sonli maktab o‘quvchilari G.B va S.N. yerdagi muz bo‘lagini tepgan

Shundan so‘ng, 11-sinf o‘quvchilari muz bo‘lagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz deb ularni og‘zaki qo‘rqitgan. Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketishgan.

“Hozirgi vaqtda bolalar sog‘-salomat ota-onasi bag‘rida”, deyiladi ma’lumotda.

Avtomashinani boshqarish huquqi bo‘lmagan maktab o‘quvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Mavzuga oid