Jahon | 14:30 / 07.02.2023
22316
4 daqiqa o‘qiladi
Baxmut atrofida jang qilayotgan azovchilar va Donbass frontidagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 348-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina Oliy Radasi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini xalqaro jinoiy tashkilot deb topdi.
- Ukraina qurolli kuchlari ofitseri Denis Yaroslavskiy jurnalistlarga RF armiyasi Baxmutning uchdan bir qismini — «sanoat zonasi hamda daryo bo‘yidagi xususiy sektor hududlari»ni egallaganini aytdi. Ukraina tomonidan boshqa hech kim bu ma’lumotni tasdiqlamagan. RF mudofaa vazirligi so‘nggi brifingida Baxmutdagi vaziyat bo‘yicha izoh bermagan.
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» bo‘linmalari Baxmutni Su-24 bombardimonchi samolyotidan o‘qqa tutganini aytdi va samolyot bortidan turib Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni «osmonda duel qilish»ga chaqirdi.
- «Vagner» vakillari yana Rossiya koloniyalarini aylanib, mahbuslarni urushga yollashni boshladi, ammo bu safar Yevgeniy Prigojinning ishtirokisiz.
Baxmut atrofidagi «Azov» polki artilleriyachilari
Donbass shimolidagi ukrain jangchilari
Donetsk oblastida Rossiya yurishi davom etmoqda. RF mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi bilan birgalikda harakat qilayotgan «Vagner» XHK kuchlari Donetskdan 40 kilometr janubdagi Mikolayivka shahrini egallagan. Ukraina qurolli kuchlari oblast markazidan taxminan 60 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vuhledar shahri muntazam ravishda o‘qqa tutilayotganini ma’lum qilgan. Harbiy ekspertlar ushbu hududda yaqin haftalar ichida Rossiyaning yirik yurishi boshlanishini prognoz qilishmoqda.
Mavzuga oid
17:58
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024