O‘zbekiston | 16:21 / 09.02.2023
17174
1 daqiqa o‘qiladi
Bo‘stonliqda «Chimyon» dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lda ko‘chki sodir bo‘ldi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan yo‘lda ko‘chki sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 4R6 Toshkent-Qibray-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining 59-60 kilometrlari oralig‘ida, «Chimyon» dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lda loy ko‘chkisi sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan. Qisqa vaqt ichida avtomobil yo‘li to‘liq tozalanib, transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati noqulay ob-havo sharoitida barcha harakat qatnashchilaridan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.
Mavzuga oid
18:27 / 09.09.2024
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi
13:07 / 05.09.2024
Bo‘stonliqda ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi
10:30 / 29.08.2024
Bo‘stonliqda o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda yong‘in sodir bo‘ldi
13:35 / 26.08.2024