Qamchiq dovonidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi
Qor ko‘chkisi xavfi tufayli yo‘l vaqtinchalik yopilgan edi.
Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, 9 fevral kuni soat 13:30 dan A-373 xalqaro yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida 902-sonli «Angren – Orzu – Pop» yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi.
Fuqarolar 9 fevral kuni soat 18:00 da Ohangaron, Angren, Orzu temiryo‘l bekati va vokzallaridan Pop vokzaligacha poyezdda evakuatsiya qilindi.
Shuningdek, 901-sonli «Pop – Angren» yo‘nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.
Mavzuga oid
21:10 / 20.09.2024
Pora bilan ushlangan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ilgari sudlanmagani aytildi
12:10 / 17.09.2024
Kursk yaqinida chegaraga yaqin ikki rayon aholisi evakuatsiya qilinmoqda
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024