O‘zbekiston | 14:42 / 11.02.2023
6906
1 daqiqa o‘qiladi

«Vaqf» fondi Turkiyaga 10 mingga yaqin kiyim va zarur jihozlardan iborat gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi 30 turdagi 10 mingga yaqin ust-bosh va zarur jihozlarni homiylar ko‘magida jamlab, Turkiya gumanitar yordam to‘plash markaziga topshirdi.

Foto: Vaqf

«Vaqf» xayriya jamoat fondi 9 fevral kuni 4 ta yuk mashinaga ortilgan 30 turdagi 10 mingga yaqin ust-bosh va zarur jihozlarni homiylar ko‘magida jamlab, poytaxtdagi yordam yig‘ish markaziga topshirdi. Mazkur yordam tarkibida asosan qishki kiyimlar, yotoq ashyolari va isitish moslamalari mavjud.

Musibat tushgan dindoshining ko‘nglini olish, tasalli berish va yordam qo‘lini cho‘zish chin mo‘minlik belgisidir», - deyiladi xayriya jamoat fondining bayonotida.

Ayni vaqtda Turkiyadagi zilziladan talafot ko‘rgan hududlarda 171 nafar o‘zbekistonlik qutqaruvchilar va harbiy shifokorlar ishlamoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida qardosh turk xalqiga yordam yig‘ish markazlari faoliyat yuritmoqda.

 

Mavzuga oid