Isroil 9 ta aholi punktini qonuniylashtirishga qaror qildi
Isroil xavfsizlik kabineti G‘arbiy sohildagi to‘qqizta ruxsat etilmagan aholi punktlarini qonuniylashtirishga qaror qildi. The Jerusalem Post ta’kidlaganidek, bu «juda kam uchraydigan qadam».
Isroil xavfsizlik kabineti okkupatsiya ostidagi G‘arbiy sohilda to‘qqizta ruxsat etilmagan aholi punktlarini qonuniylashtirishga qaror qildi. Tegishli rezolyutsiya 12 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha yanvar oyida Quddusga uyushtirilgan ikki hujum munosabati bilan qabul qilindi.
The Jerusalem Post ta’kidlaganidek, bu «juda kam uchraydigan qadam». O‘z navbatida, dpa agentligi u Qo‘shma Shtatlar pozitsiyasiga aniq zid ekanligini ma’lum qildi.
Qarorda qayd etilganidek, bu aholi punktlari uzoq vaqtdan beri, ayrimlari esa o‘nlab yillar davomida mavjud.
Dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda tegishli qo‘mita ushbu aholi punktlari hududida qo‘shimcha uy-joylar qurish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi kerak.
2022 yil dekabr oyi oxirida Isroilning yangi hukumati qasamyod qildi. Bir yarim yillik muxolifatdan so‘ng vazirlar mahkamasi rahbari lavozimiga qaytgan bosh vazir Benyamin Netanyaxu vazirlar mahkamasining 33 nafar a’zosini, jumladan, o‘ng qanot millatchi diniy koalitsiya vakillarini taqdim etdi. Ekspertlarning fikricha, bu - Isroil tarixidagi eng o‘ng hukumat. Birinchi marta uning tarkibiga o‘ng qanot ekstremistlar va jinoiy javobgarlikka ega bo‘lgan odamlar kirgan.
Yangi hukumat bosib olingan G‘arbiy sohilda aholi punktlarini kengaytirish siyosatini olib borish niyatini e’lon qildi.
Mavzuga oid
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024
Isroil Livan bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
12:20 / 19.09.2024