Surxondaryoda belgilangan yoshga yetmagan fuqaroga haydovchilik guvohnomasi berildi
Viloyat IIB JXX YHXB 1-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi tomonidan 17 yoshli fuqaroga haydovchilik guvohnomasi berib yuborilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro 2022 yil 2 dekabr kuni Denov tumanidagi “Denov Ziyo avto” XKning 16-guruhini “B”, “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga nomzod sifatida tamomlagan. 2023 yilning 20 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida imtihon olish komissiyasi huzurida nazariy va amaliy imtihonlarni muvafaqqiyatli topshirgan.
Shundan so‘ng nomzodga viloyat IIB JXX YHXB 1-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi tomonidan hali belgilangan yoshiga to‘lmasa-da, haydovchilik guvohnomasi berilgan.
Hozirda fuqaroning imtihon topshirishi uchun taqdim etgan hujjatlarini ko‘zdan kechirish, taqqoslash va imtihon o‘tkazishga doir ish yuritish hujjatlarini jamlashda mas’ul xodim tomonidan xato kamchilikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, 1-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi boshlig‘ining xatti-harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mavzuga oid
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
21:59 / 31.10.2024
Toshkentda «prava» olish uchun imtihon narxi oshgani rad etildi
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
07:40 / 18.10.2024