“Dom” tomida “uchastka”. Toshkentlik fuqaro ko‘p qavatli uy tomida hovlili turar joy qurib olgani aniqlandi
Noqonuniy qurilishni 15 kunda buzib tashlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Yangihayot tumanida mulkdorlar ko‘p qavatli uyning tom qismidan noqonuniy ravishda uy qurib olgani ma’lum bo‘ldi. Holat ko‘p qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash tadbirlari davomida aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, tumandagi “Yangi turmush” MFYda joylashgan, “Megapolis building” MChJ tomonidan 2021 yil qurib bitkazilgan ko‘p qavatli uyning mansarda qismida mulkdorlar tomonidan noqonuniy ravishda qo‘shimcha uy qurilgan. Mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikridan qaytarolmagan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Mavzuga oid
17:56 / 13.11.2024
Loydan qurilayotgan “dom” – Izboskanda ko‘p qavatli uy qurilishida sement o‘rniga adir tuprog‘i ishlatilmoqda
11:14 / 12.08.2024
Oynalari singan Gentra - Navoiy ko‘chasida ko‘p qavatli uy fasadidagi marmarlar ko‘chib tushyapti
12:00 / 18.07.2024
Toshkentdagi “Azia invest” mojarosi Farg‘onada takrorlanyapti. Fuqarolar hukumatdan najot kutmoqda
11:04 / 13.07.2024