Iqtisodiyot | 19:21 / 20.02.2023
27418
1 daqiqa o‘qiladi

“Kapitalbank” va Uzum xoldingi birlashtirildi

O‘zbekistondagi yirik banklardan biri “Kapitalbank” Uzum xoldingi bilan birlashtirildi. Bu haqida bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotda aytilishicha, 20 fevral kuni  Toshkentda bank va Uzum o‘rtasida shartnoma imzolangan. Xolding tarkibida bank O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini raqamlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni faol rivojlantirishni rejalashtirgan.

“Uzum ekotizimi bilan birlashish bankka davlatimizda bank xizmatini raqamlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda o‘zbekistonliklar hayot sifatini yaxshilash uchun yagona raqamli infratuzilmani yaratishda faol ishtirok etish imkonini beradi”, – dedi bank kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov.

Ma’lumot o‘rnida, “Uzum” kompaniyalar guruhiga “Kapitalbank” ATB, “Uzum Nasiya” muddatli to‘lov xizmati,  “Uzum Market” marketpleysi, shuningdek, “Uzum Bank” raqamli banki kiradi.

Mavzuga oid