Antoniu Guterrish: Rossiya urushi - jamoaviy vijdonni haqorat qilish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urushni jahon hamjamiyatining «jamoaviy vijdoniga hujum» deb atadi.
«Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining bir yilligi Ukraina xalqi uchun ham, xalqaro hamjamiyat uchun ham dahshatli voqeadir», dedi Guterrish chorshanba kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining favqulodda sessiyasida so‘zlagan nutqida.
«Rossiyaning Ukrainaga hujumi bizning ko‘p tomonlama tizimimizning asosiy tamoyillari va qadriyatlariga qarshi kurashdir. Bu bizning jamoaviy vijdonimizni haqorat qilishdir», dedi BMT bosh kotibi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida taktik yadro qurolidan foydalanish qabul qilinishi mumkin emas, dedi Antoniu Guterrish BMT Bosh Assambleyasining favqulodda sessiyasida.
«Taktik yadro quroli deb atalmish qurollardan foydalanishni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Undan chekinish vaqti keldi», dedi u Bosh Assambleyasining favqulodda sessiyasi ochilishida.
«O‘tgan yil davomida biz nafaqat azob-uqubat va vayronagarchiliklarga guvoh bo‘ldik. Bundan ham battar bo‘lishi mumkinligi tobora ayon bo‘lmoqda», - dedi Guterrish.
Mavzuga oid
12:50
Fitso urushdan keyin RF bilan munosabatlarni tiklashni yoqlab chiqdi
09:30
Berbok bilan yuz bergan hodisadan so‘ng RF jurnalistining BMTdagi maqomi pasaytirildi
08:50
Rossiya hududlarida yadroviy zarba ehtimoli bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi
21:22 / 04.10.2024