Prezident: OAVni hech qachon yopmayman
Davlat rahbari har kuni internetni o‘qishi va unda bildirilgan fikrlarni qayd etib borishi haqida aytgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Yangi Batosh mahallasidagi 71-maktabda o‘qituvchilar, faxriylar bilan suhbatlashib, so‘z erkinligi va ochiqlik masalasiga to‘xtaldi.
«Yopiq davlat bo‘lib, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlamaganimiz uchun xalqning ovozini eshitmadik.
Erkinlik nafasi yoqadimi? Menga yoqadi.
To‘g‘ri, menga bunday ishlash qiyinroq. Hamma aytadi, e, yopib qo‘y, deydi. Yo‘q, yopmayman.
Yana oldingidek, prokuror, SNB, tekshiruvchi bo‘laversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki bo‘ldimi?
Shuning uchun, erkinlik nafasini, ommaviy axborot vositalarini do‘st bilamiz. Gapirsin, adolatli gapirsin. Tanqid qilsin, to‘g‘ri tanqid bo‘lsin. Shu qishloqqa, maktabga, ta’limga foydasi bo‘lsa, nur ustiga nur.
Men har kuni o‘qiyman, internetni ham o‘qiyman. Kim qanday gapirganini vaqtim boricha, qo‘limga qalam olib, o‘zimga yozib olaman. Baribir 10 ta fikrdan 9 tasi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Bu to‘g‘ri yo‘nalishmi? Agar bizda [OAV] yopiq bo‘lsa, sizlarni ham hech kim eshitmaydi», deydi davlat rahbari.
Mavzuga oid
15:08 / 13.12.2024
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan huquq organlariga ariza berdi
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
22:06 / 01.11.2024
Turkiya parlamenti «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
19:55 / 06.08.2024