Jamiyat | 19:50 / 01.03.2023
2161
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tenge Bank O‘zbekistonda birinchi marta American Express® kartalarini qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi

"Tenge Bank" ATB va American Express o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, Bank O‘zbekiston Respublikasidagi hamkor sifatida mamlakatda birinchi bo‘lib tovar va xizmatlarga to‘lovlar uchun American Express xalqaro kartalarini qabul qilishni boshladi.

Foto: Tenge Bank

O‘zbekistonga tashrif buyuradigan American Express kartalarining egalari kartadan Tenge Bank ATB bilan ekvayring shartnomasi bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalarida (do‘konlar, restoranlar, mehmonxonalar) foydalanishlari mumkin. Xaridlarni ham chip yordamida, ham kontaksiz to‘lov yordamida amalga oshirish mumkin. Shuningdek, karta egalari Tenge Bank bankomatlaridan naqd pul yechib olishlari ham mumkin.

"Biz American Express kompaniyasining O‘zbekistondagi ekvayeri ekanligimizdan mamnunmiz va O‘zbekistonda ilk bor xorijlik mehmonlarga mamlakatda bunday turdagi kartalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etamiz. Bu O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar va biznesmenlar soni ortishiga va ularga o‘z xarajatlarini o‘zlari qulay tarzda to‘lashlariga imkon beradi", — dedi Tenge Bank Boshqaruvi raisi Talgat Ayupov.

American Express kompaniyasi haqida

American Express global miqyosda integratsiyalangan to‘lov kompaniyasi bo‘lib, mijozlar hayotini yaxshilaydigan va muvaffaqiyatli biznes qurishga yordam beradigan mahsulotlar, bilim va tajribalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Kompaniyaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali batafsil ma’lumotlarni topishingiz mumkin:

Saytamericanexpress.com

Facebookfacebook.com/americanexpress

Instagram: instagram.com/americanexpress

LinkedInlinkedin.com/company/american-express

Twittertwitter.com/americanexpress

YouTubeyoutube.com/americanexpress

Mavzuga oid