Zaporijjyaga raketa zarbasi: qurbonlar soni 10 kishiga yetdi
2 mart kuni Zaporijjya shahridagi turar joy binosiga Rossiya raketa hujumi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi, deb xabar berdi Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati.
«4 mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, qutqaruvchilar uyning yana 3 nafar fuqarosining jasadini blokdan chiqarishdi. Umuman olganda, qutqaruvchilar uy vayronalari ostidan 10 nafar halok bo‘lganlarni, shu jumladan bir bolani olib chiqdi», - deyiladi vazirlik xabarida.
2 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina nazoratidagi Zaporijjya shahrini o‘qqa tutdi. Raketalardan biri besh qavatli uyga kelib tushgan, pod’yezd va 10 dan ortiq kvartira vayron bo‘lgan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Volodimir Zelenskiy Zaporijjyaga zarbaga munosabat bildirib, «terrorchi davlat ukrainlar uchun har bir kunni terror kuniga aylantirishni xohlashi»ni aytdi va navbatdagi zarbani «vahshiylik» deb atab, «harbiy javob» qaytarishni va’da qildi.
Mavzuga oid
11:10 / 02.10.2024
Kiyev: Rossiya Zaporijjya AES ta’minot liniyasini uzib qo‘ydi
12:30 / 24.09.2024
Zaporijjyada Rossiya zarbasi natijasida 21 kishi yaralandi
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
13:25 / 23.09.2024