Erdo‘g‘anning prezident saylovidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Turkiya muxolifati prezidentlik saylovi uchun yagona nomzodini e’lon qildi.
Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari Kamol Qilichdoro‘g‘li Turkiya prezidenti saylovida muxolifatdagi «Xalq koalitsiyasi»ning yagona nomzodi deb e’lon qilindi. 14 may kuniga belgilangan saylovda u «Respublikachilar koalitsiyasi» nomzodi, mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga raqib bo‘ladi.
Avvalroq, «Xalq koalitsiyasi» ichida Turkiya prezidentligiga yagona nomzodni saylash bo‘yicha ziddiyat kelib chiqqan, tortishuvlar bir necha hafta davom etgan edi. Beshta partiya Qilichdoro‘g‘li nomzodini taklif qilgan, «Oq partiya» esa Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘li va Anqara meri Mansur Yovosh nomzodini ilgari surgan edi.
Qilichdoro‘g‘li muxolifatning asosiy nomzodi deb e’lon qilingach, qisqa bayonot berib, «Xalq koalitsiyasi» mamlakatni bir-biri bilan maslahatlashib, kelishib boshqaradi» dedi.
Turkiyaning ORC agentligi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an asos solgan «Adolat va taraqqiyot partiyasi» saylov oldidan obro‘sini yo‘qotayotgani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda davlat rahbarining siyosiy kuchini turkiyaliklarning 29,1 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda, bu partiyaning yanvar oyidagi ko‘rsatkichlaridan 1,1 foizga past.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
09:50 / 04.11.2024
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir
10:30 / 02.11.2024