Toshkent-Moskva reysi bortida yo‘lovchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi
Layner qo‘nganidan so‘ng 210 yo‘lovchi samolyotda to‘rt soatga qolib ketgan. Bir necha soatdan keyin bortda janjal kelib chiqqan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 7 mart kuni kechqurun Toshkentdan uchgan 601-reysi Domodedovoga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Biroq, aeroport uzra ikki marta aylanib, u Vnukovoga yo‘naltirilgan. Rasmiy sabab - ob-havo sharoitining keskin yomonlashishi.
Layner qo‘nganidan so‘ng 210 nafar yo‘lovchi samolyotda to‘rt soatga qolib ketgan. Bir necha soatdan keyin bortda janjal boshlangan. Bort kuzatuvchilari odamlarni ajratishga majbur bo‘lgani aytiladi.
Yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, styuardessalar savollarga javob berishdan qochgan, e’tibor bermagan yoki ovozini balandlatgan. Aeroport ma’muriyati esa odamlarni tashish uchun avtobuslar berishdan bosh tortgan.
Shuningdek, u boshqa aeroportga qo‘nish e’lon qilinganidan keyin samolyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish sifati keskin yomonlashganini ta’kidladi.
«Agar standart parvoz paytida ular do‘stona munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, keyin ular qo‘pollashib ketdi, baqirishdi va savollarga javob berishni xohlamadilar», deydi u.
Voqea joyidan olingan videolavha «Moskva 24» Telegram-kanali tomonidan e’lon qilindi. Kadrlarda samolyotda o‘tirishdan charchagan yo‘lovchilar samolyot ekipaji bilan janjallashayotganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
18:35 / 17.09.2024
Moskva oblastida 2025 yildan boshlab migrantlar mehnati cheklanishi mumkin
21:00 / 16.09.2024
Moskva oblastida politsiyachi mashinasida o‘zbekistonlik bolani bosib ketdi
10:45 / 12.09.2024
«Hech kim yordam berolmaydi» – Moskva aeroportida Rossiya fuqaroligini rad etgani uchun qaytarilgan migrant hikoyasi
17:44 / 02.09.2024