Iqtisodiyot | 11:51 / 13.03.2023
27986
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida Rossiyaning ulushi yuqori
2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 270 trln so‘mni tashkil etgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 112,2 trln co‘m miqdorida qayd etildi.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
- Rossiya – 20,3 foiz;
- Xitoy – 16,4 foiz;
- Turkiya – 10,1 foiz;
- Germaniya – 6 foiz;
- Saudiya Arabistoni – 6 foiz;
- AQSh – 3,8 foiz;
- Kipr – 3 foiz;
- Italiya – 2,4 foiz;
- Shveytsariya – 1,9 foiz;
- Buyuk Britaniya – 1,6 foiz.
Mavzuga oid
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
13:46 / 16.11.2024