Jizzaxda YTH oqibatida prokuraturaning ikki xodimi halok bo‘ldi
YTHga uchragan avtomobilda uch nafar prokuratura xodimi bo‘lgani aytilmoqda. Omon qolgan xodim kasalxonaga yotqizilgan. Vafot etganlardan biri Zomin tuman prokurorining 39 yoshli katta yordamchisi ekan ma’lum.
Jizzax viloyatida prokuratura xodimlari ketayotgan mashina yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, YTH oqibatida ikki nafar xodim halok bo‘lgan. Yana bir nafari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Halok bo‘lganlardan biri Zomin tuman prokurorining 39 yoshli katta yordamchisi E.K. ekani aytilmoqda.
Jizzax viloyati IIB YHXBning rasmiy kanalida hodisa yuzasidan axborot berilmagan. Kun.uz batafsil ma’lumot olish maqsadida bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga so‘rov yubordi.
Mavzuga oid
18:30
Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch yigit halok bo‘ldi
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
17:10 / 29.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi
09:53 / 25.10.2024