Tenge Bank O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi!
“Tenge Bank” Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimligi ko‘magida 100 tup ko‘chat ekish bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazdi, shuningdek, yangi qurilgan bolalar maydonchasini tantanali ravishda foydalanishga topshirdi.
Navro‘z – yangilanish, ezgulik va tinchlik timsoli, do‘stlik, mehmondo‘stlik, bahoriy iliqlik bayrami.
Tenge Bank ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatida qabul qilingan ESG korporativ siyosati doirasida o‘zining ekologik, ijtimoiy va korporativ sohalarini rivojlantiradi, shuningdek, yaxshi an’analarni saqlaydi va faol xayriya faoliyatini olib boradi.
Maftunkor Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Alimkent mahallasida Tenge Bank tomonidan bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy arg‘imchoqlar,fitnes jihozlari, cho‘qqilarga chiqish uchun tortuvchi to‘rlar bilan jihozlangan hamda mayin yashil qoplama bilan qoplangan o‘yin maydonchasi asosiy ishtirokchilari – bolalar va ularning ota-onalarini befarq qoldirmadi. Ular o‘yin maydonining dizayni, qulayligi, xavfsizligi va yorug‘ligidan xursand bo‘ldilar.
Ushbu xayriya aksiyasining tashabbuskori va tashkilotchilari Yashnobod tumani hokimligi va “Tenge Bank” bo‘lib, ularning sa’y-harakatlari bilan qarovsiz 300 kvadrat metr maydon tozalandi, obodonlashtirildi va ko‘chatlar o‘tqazildi.
Bolalar maydonchasining ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov va “Tenge Bank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalovlar hamda 50 nafardan ortiq bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
“Bank rahbariyatiga katta rahmat. Ayniqsa, ulug‘ Navro‘z bayramimiz arafasida kam ta’minlangan oilalar farzandlarimizni qo‘llab-quvvatlashda har tomonlama yordam, ko‘mak ko‘rsatilmoqda, – deydi Baxtiyor Rahmonqulov.
Bayram yakunida bank rahbariyati tomonidan bolalar va ularning ota-onalariga sovg‘alar topshirildi.
Bundan tashqari, “Tenge Bank” Yashnobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i yonidagi hududga 100 tup ko‘chat ekishda ishtirok etdi.
Aksiyada bankning 60 dan ortiq xodimlari o‘z farzandlari bilan ishtirok etishdi. Ekish uchun Pensilvaniya kuli va oq chinor ko‘chatlari tanlangan.
“Atrof-muhitni hurmat qilish bankning ESG va barqaror rivojlanish sohasidagi faoliyatining asosiy tamoyillaridan biridir. Bugun eko-aksiyalar nafaqat yurtimiz obodligiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlarni, balki umuman o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaganlarni ham birlashtirdi”, — deya izoh berdi bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxruh Hakimov.
Tenge Bank O‘zbekiston xalqini ajoyib bahor bayrami Navro‘z bilan tabriklaydi.
Uyingizga baxt va yangilanish olib kelsin! Sizning barcha yaxshi umidlaringiz, orzularingiz amalga oshsin va uyingizda doimo tinchlik, hamjihatlik va farovonlik hukm sursin!
Mavzuga oid
09:00 / 31.10.2024
Tenge Bank imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya tadbirini tashkil etdi
15:00 / 11.10.2024
Tadbirkorlar uchun onlayn hisobraqam ochish: Tenge Bank mobil ilovasini o‘zingiz uchun kashf eting
17:00 / 10.10.2024
“Tenge Bank va Mastercard Black Edition bilan dunyoni kashf eting” aksiyasi boshlanishi
17:00 / 16.08.2024