O‘zbekiston | 16:54 / 24.03.2023
15224
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Wendyʼs Toshkentda o‘zining uchinchi tezkor ovqatlanish restoranini ochdi

Foto: Wendyʼs

18 mart kuni Wendyʼs Chilanzar restoranining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ajoyib shou-dastur, kolleksion sovg‘alar va AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenikning tashrifi bilan barcha mehmonlarning yodida qoldi.

18 mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanida Amerikaning Wendyʼs tezkor ovqatlanish restoranlari franshizasi yangi restoranining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Wendyʼs restoranning rasmiy ochilishi sharafiga katta shou-dastur bilan tantanali tadbir o‘tkazdi. Mehmonlarni didjyeylar, quvnoq tanlovlar, mazali aksiya, kolleksion sovg‘alar va yulduz-mehmon – Shohrux reper xursand qildi.

Boshlovchi Sherzod Ikromov dasturning ko‘ngilochar va tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli o‘tishida o‘z hissasini qo‘shdi. Mehmonlarga drayv va bayramona kayfiyat taqdim etgan holda, didjyey pultini DJ Bella va DJ Mishka boshqarishdi. Bu vaqtda animator va akvagrimerlar bolalarni xursand qilishdi. Fokuschi-illyuzionist Dmitriy Polyakovning hayratlanarli chiqishi esa hech bir mehmonni bee’tibor qoldirmadi.

 

Tadbirning o‘zgacha mehmoni o‘zining eng yaxshi xit qo‘shiqlarini ijro etgan milliy estrada qo‘shiqchisi Shohrux reper bo‘ldi.

Wendyʼs Chilonzor tumanidagi Amerika madaniyatining orolchasi sifatida doimgiday yangi restoranning intereri bilan xursand qilmoqda. Barchasi franshizaning yuqori standartlariga muvofiq – umumiy intererdan boshlab, restoran devorlaridagi posterlar kabi dekorning kichik detallarigacha, to‘rtburchak kotletli burgerlar esa xo‘randalar yodida qoladi.

Ochilish marosimining esda qolarli lahzasi AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik va uning turmush o‘rtog‘i Dominika Freyrening tashrifi bo‘ldi.

Wendyʼs AQSh elchixonasi bilan 2022 yilda boshlangan munosabatlarni rivojlantirishni davom ettirmoqda va Amerikaning O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan tezkor ovqatlanish franshizasi orqali ikki madaniyatning mustahkam aloqasini ko‘rsatmoqda.

O‘z navbatida Kusto Group direktorlari kengashining a’zosi Orazxan Karsibekov elchi Jonatan Xenikka tashrifi va qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek, The Wendyʼs Company'ning rasmiy vakili Jyeyms L. Gassik va barcha tashrif buyuruvchilarni shaxsan tabrikladi. U O‘zbekistonda Wendyʼs ning kengayishi mamlakat iqtisodiyotiga yaxshi ta’sir qilishi va yangi ish o‘rinlarini yaratishiga ishonadi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi Wendyʼs ning bosh direktori Shoxrux Jalilov respublika bo‘ylab filiallar ochish niyatida ekanligini aytdi:

“Biz mehmonlarimizni Chilonzordagi yangi filialimizda ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz! Ushbu filialning ochilishi biz uchun uzoq tanaffusdan keyingi muhim turtki hisoblanadi, endi yaqin to‘rt yilda yangi filiallarimizning ochilishi haqidagi e’lonlarni ko‘proq ko‘rasiz. Nafaqat Toshkentning har bir tumanida, balki respublikaning boshqa hududlarida ham ko‘plab filiallar ochish rejada bor”,- dedi u.

Direktor o‘z nutqini Kusto Group, AQShning O‘zbekistondagi elchisi, Wendyʼs jamoasi, Integro ko‘rinishidagi franshiza hamkorlari va Wendyʼs muxlislariga qo‘llab-quvvatlovlari va restoranning ochilishidagi ko‘maklari uchun minnatdorchilik bilan yakunladi.

Hozirda brend ko‘zda tutilgan rejalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanmoqda: 2030 yil oxiriga qadar 650 dan ortiq ish o‘rinlari bilan 20 dan ortiq restoranlarni ochish rejalashtirilgan.

The Wendyʼs Company’ga 1969 yilda Deyv Tomas tomonidan AQShning Ogayo shtati, Kolumbusda asos solingan. Wendyʼs hozirda butun dunyo bo‘ylab 7000 dan ortiq restoranlarni boshqaradi. O‘zbekistondagi birinchi Wendyʼs restorani 2019 yilda ochilgan.

Wendyʼs ning Markaziy Osiyodagi operatori va franshizasi xalqaro Kusto Group xoldingi hisoblanadi. Guruh 10 ta davlatda 30 dan ortiq kompaniyalarga ega: Kanada, Xitoy, Gruziya, Isroil, Qozog‘iston, Rossiya, Singapur, Turkiya, Vetnam, Ukraina. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari – agrobiznes, neft va gaz, ko‘chmas mulk, qurilish materiallari va chakana savdo.

Ish vaqti: 09:00 - 02:00

Manzil: Bunyodkor ko‘chasi, 52-uy.

Mo‘ljal: “Chilonzor” metro bekati, Integro savdo markazi.

Telefon: +998 95 979 01 11

Barcha yangiliklar: @wendys_uzbekistan

Franshiza haqida: www.wendys.com

Yangi filialni xaritada ko‘rish

Reklama

Mavzuga oid