Zelenskiy: Ukraina Qurolli kuchlari hozircha qarshi hujumga o‘ta olmaydi
Ukraina qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yo‘qligi sababli hozircha qarshi hujumga o‘tib, bosib olingan hududlarni ozod qilishni boshlay olmaydi, dedi Volodimir Zelenskiy Yaponiyaning Yomiuri Shimbun nashriga bergan intervyusida.
«Biz hamkorlarimizdan o‘q-dorilar kelishini kutmoqdamiz. Hozircha boshlay olmaymiz», - dedi davlat rahbari va mamlakat sharqida vaziyat og‘irligicha qolayotganini qo‘shimcha qildi - Rossiya kuchlari har kuni Ukraina Qurolli kuchlaridan uch barobar ko‘p o‘q-dori ishlatyapti.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina ittifoqchilardan qo‘shimcha yordamga, jumladan, o‘q-dorilar va qiruvchi samolyotlarga muhtojligini ta’kidladi.
Bundan oldin Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya axborot maydonida nufuzli shaxslarning Ukrainaning ehtimoliy qarshi hujumi haqidagi bayonotlari tobora ko‘proq yangrayotganini ma’lum qilgandi.
24 mart kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Kiyevning hujum operatsiyalariga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. «Bizning bosh shtabimiz buni hisobga olib, qarorlarini tayyorlamoqda», dedi u davlat matbuotiga bergan intervyusida.
Bir kun oldin, 23 mart kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi egasi Yevgeniy Prigojin Ukrainaning keng ko‘lamli qarshi hujumi rejalari haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 03.10.2024
NATO a’zolari Rossiyaga zarba berish taqiqini olib tashlashni muhokama qiladi
21:06 / 03.10.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Vuhledar shahri egallanganini e’lon qildi
20:05 / 03.10.2024
«Faqat piyoda qochish mumkin edi» - ukrain jangchilari Vuhledardan chiqish haqida
16:56 / 02.10.2024