Donbassda vayron qilinayotgan yana bir shahar va topshiriq bajarishga ketayotgan vertolyotlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 396-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Tula yaqinidagi Kireyevskda ukrainlar droni urib tushirilgan, uch kishi jabrlangan.
- Kiyev-Pechersk lavrida Ukraina provaslav cherkovining so‘nggi ibodati bo‘lib o‘tdi, unga bir necha ming kishi keldi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi «davlatning UPChga qarshi harakatlari kamsituvchi xarakterga ega bo‘lishi mumkinligidan xavotir» bildirilgan hisoboti e’lon qilindi.
- RF hukumati Ukrainaning annexia qilingan hududlarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
- Vladimir Putinning Belarus hududiga taktik yadro qurollari joylashtirish to‘g‘risidagi qarori fonida Pentagon Rossiya uni qo‘llashining alomatlarini ko‘rmayotganini ma’lum qildi.
Kun kadri. Yongan Vuhledar
Mart oyi boshida Rossiya armiyasi Donetskdan taxminan 60 kilometr masofada joylashgan Vuhledar shahri atrofida og‘ir yo‘qotishlarga uchradi. Ukrain harbiylarining baholariga ko‘ra, rossiyaliklarning 2023 yilning dastlabki oylarida Svatove-Kreminna yo‘nalishida, shuningdek, Avdiyivka va Vuhledarga qilgan hujumlari muvaffaqiyat keltirmagan. Britaniya harbiy razvedkasi qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Rossiya faqat Baxmutda, «Vagner» yollanma jangchilari hisobiga taktik yutuqlarga erishgan. «Rossiya mudofaa vazirligi Vagnerning yutuqlari bilan raqobatlashishni istayotgani tufayli ham Vuhledarda muvaffaqiyat qozonish uchun o‘jarlik bilan hujum qilayotgan bo‘lishi mumkin», — deyilgan hisobotda.
2022 yil boshida, keng ko‘lamli bosqin boshlanishi va aholi evakuatsiyasidan oldin, Vuhledarda 14 ming kishi yashagan. 2023 yil fevraliga kelib, shahar rahbari o‘rinbosari Maksim Verbovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda 500 ga yaqin kishi qolgan, ularning olti nafari bolalar. «Ular muntazam portlashlar, yong‘inlar va otishmalar sharoitida yashab kelishmoqda», — deya qayd etadi Verbovskiy.
Baxmut uchun jang
Donetsk oblastining Baxmut shahri Ukrainadagi harbiy harakatlar o‘chog‘i bo‘lib qolishda davom etmoqda, dedi Ukraina qurolli kuchlari sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiy 25 mart kuni. Quyida ukrain harbiylarining ushbu hududdagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.
Ukrainalik vertolyotchilar
Front bo‘yidagi Avdiyivka hayoti
Baxmutdan janubda, Donetskdan esa taxminan 20 kilometr shimolda joylashgan Avdiyivka shahri muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, «oxirzamon haqidagi filmlardagi hududlarga o‘xshab bormoqda», dedi 26 mart kuni shahar harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabash. U yana bir bor aholini evakuatsiya bo‘lishga chaqirgan; ma’muriyat ko‘rsatmasiga muvofiq, barcha kommunal xizmatlar xodimlari shaharni tark etgan.
Rossiya qo‘shinlarining keng ko‘lamli bosqiniga qadar Avdiyivkada 32,5 ming atrofida odam yashagan, hozirda bu yerda 1,9 ming kishi qolgan, ular orasida bolalar ham bor. 22 mart kuni, Barabashning so‘zlariga ko‘ra, shaharda birorta ham butun bino qolmagan.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, RF qo‘mondonligi front chizig‘ini barqarorlashtirishga intilmoqda va katta ehtimol bilan asosiy e’tiborni Avdiyivka va Svatove-Kreminna liniyasiga qaratgan.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024