O‘zbekiston | 21:18 / 01.04.2023
16310
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 ta AGTKSh davlatga 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi 

Gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

«O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Ushbu noqonuniy harakatlar oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.  

Jumladan:

- Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 2,372 mlrd so‘mlik;

- Sergeli tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 1,728 mlrd so‘mlik;

- Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 1,607 mlrd so‘mlik;

- Uchtepa tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 1,392 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid