Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
Al-Aqso masjidida falastinliklar bilan Isroil xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.
Quddusda Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil huquq-tartibot kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. 5 aprel, chorshanba kuni AP agentligi xabar berishicha, falastinlik o‘smirlar isroilliklarga tosh va petardalar otishni boshlagan, politsiya shovqinli granatalar bilan javob bergan. Tartibsizliklarga sabab politsiyaning masjiddan pirotexnika vositalari, tayoq va toshlar olib kelgan bir guruh yoshlarni haydab chiqarish operatsiyasi bo‘lgan.
HAMAS harakati G‘arbiy sohildagi yoshlarni Al-Aqso masjidi himoyasi uchun harakat qilishga chaqirdi. G‘azo sektoridagi harakat Isroil janubiga raketa hujumi uyushtirdi, Isroil bunga havo hujumi bilan javob qaytardi.
Keskinlikning yangi bosqichi Ramazon oyiga to‘g‘ri keldi, Isroil xalqi esa, o‘z navbatida, Pesax bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Isroil politsiyasi masjid ichida pirotexnika portlagani va u yerga to‘planganlar tomonidan otilgan toshlar aks etgan videotasvirlarni tarqatdi. Yana bir kadrda qalqon ko‘targan politsiyachilarning masjid bo‘ylab yurganini ko‘rish mumkin. Kadrlarda masjidning to‘siq bilan o‘ralgan eshigi va polga pirotexnika qutilari qo‘yilgani, so‘ng politsiya kamida besh kishini qo‘li kishanlangan holda ko‘chaga olib chiqqani tasvirlangan.
Keyinroq Isroil politsiyasi 350 dan ortiq odamni hibsga olganini ma’lum qildi, deb xabar beradi AFP axborot agentligi.
2022 yil dekabr oyi oxirida Isroilning yangi hukumati qasamyod qildi. Bir yarim yillik muxolifatdan so‘ng vazirlar mahkamasi rahbari lavozimiga qaytgan bosh vazir Benyamin Netanyaxu vazirlar mahkamasining 33 nafar a’zosini, jumladan, o‘ng qanot millatchi koalitsiyadan ham taqdim etdi. Ekspertlar fikricha, bu Isroil tarixidagi eng o‘ng kayfiyatdagi hukumat. Birinchi marta uning tarkibiga o‘ng qanot ekstremistlar va jinoiy javobgarlikka ega bo‘lgan odamlar kirgan.
Yangi hukumat bosib olingan G‘arbiy sohilda aholi punktlarini kengaytirish siyosatini olib borish niyatini e’lon qildi.
28 yanvar kuni YeI rasmiylari Isroil va Falastin tomonini «vaziyatni yumshatish va kelajakda zo‘ravonlik harakatlarini oldini olish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlikni muvofiqlashtirishni qayta boshlash uchun qo‘ldan kelgan ishni qilishga» chaqirdi.
Isroil 1967 yilda G‘arbiy sohil va Sharqiy Quddus ustidan harbiy nazorat o‘rnatdi. Bugungi kunda u yerda 600 mingdan ortiq yahudiy ko‘chmanchilar istiqomat qiladi. Falastinliklar bu hududlarda poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil davlat yaratmoqchi.
Mavzuga oid
11:39 / 14.08.2024
Hamas: Isroil vazirlarining Al-Aqso masjidiga reydi olovga moy sepishdir
18:05 / 03.05.2024
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
11:54 / 21.05.2023
Falastin-Isroil mojarosi: G‘arbdagi ikki xil standart (2-qism)
22:05 / 05.04.2023