Zelenskiy Polshaga tashrif buyurdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Polshaga tashrif buyurdi. Bu haqda Polsha prezidentining vakili Markin Pshidach TVN24 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Avvalroq «Yevropa haqiqati» nashri xabar berganidek, Zelenskiy 5 aprel kuni Varshavaga rasmiy tashrif bilan keladi, bu uning urush boshlanganidan beri uchinchi xorijga safaridir.
«Prezident Zelenskiy Polsha chegarasini kesib o‘tdi, deb ayta olaman», — dedi Pshidach.
Avvalroq Polsha Ukrainaga va’da qilingan MiG-29 qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasini topshirgandi.
«Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, bu jarayon allaqachon yakunlangan, ya’ni bu birinchi qismning topshirilishi. Albatta, kelgusida ehtimoliy yordam va qo‘llab-quvvatlov haqida hali gaplashamiz», - dedi Polsha prezidentining vakili Markin Pshidach.
Varshava aynan nechta samolyot yuborganiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
19:10 / 30.09.2024
Polsha prezidenti fuqarolarni haqorat qilgani uchun sudga chaqiriladi
15:20 / 28.09.2024
Polsha O‘zbekiston telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
13:42 / 28.09.2024
Urganchda O‘zbekiston – Polsha biznes-forumi o‘tkazildi
00:21 / 27.09.2024