Jahon | 16:35 / 06.04.2023
18233
6 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi janglar va ukrainlarning Limandagi pozitsiyasi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 406-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya chegara xizmati Bryansk oblastiga ukrainlarning yengil motorli samolyoti qulagani haqida xabar berdi. Pilot Aleksandr Morozovni qo‘lga olishgan — o‘zining aytshicha, u Rossiya hududida uchayotganini bilmagan. Ukraina hozircha bu hodisani izohlamadi.
  • Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum uchun jami 40 ming kishidan iborat sakkizta shturmchi bo‘linma tayyorlamoqda. Yangi askarlar va ularni o‘qitayotgan harbiylar qarshi hujum «yaqin haftalar yoki oylar ichida» boshlanishi kutilayotganini aytishgan.
  • Volodimir Zelenskiy Polshaga tashrif buyurdi. Qo‘shni mamlakat prezidenti Andjyey Duda unga oliy mukofot — Oq Burgut ordenini topshirdi. Duda bilan uchrashuvda Zelenskiy Ukraina armiyasi «shaxsiy tarkib yo‘qotilishi xavfi yuzaga kelgan taqdirda» Baxmutdan chekinishi mumkinligini istisno etmadi.
  • Xitoy Qrim va Donbassni Rossiya hududi deb tan olmaydi va Moskvaga harbiy yordam ko‘rsatmayapti. Bu haqda XXRning Yevroittifoqdagi elchisi Fu Sun ma’lum qildi. Shu bilan birga, Pekin Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralamaydi, chunki «haqiqiy sabablar G‘arb yetakchilari aytayotganidan ko‘ra murakkabroq».
  • Belgorodda «dushmanni provokatsiya qilmaslik uchun» 9 may paradini o‘tkazmaslikka qaror qilishdi. Bu haqda gubernator Vyacheslav Gladkov ma’lum qilgan.

Kun kadri. Ukrain desantchilar janglar orasidagi tanaffusda

Ukrainalik jangchilar Liman atrofidagi janglardan keyin dam olishmoqda — bu shahar Donetskdan 150 kilometr shimolda joylashgan. RF mudofaa vazirligi 2022 yil 28 mayida Liman egallangani haqida ma’lum qilgandi — shahar 1 oktyabr kuni, Rossiya «DXR» va Ukrainaning bosib olingan boshqa hududlari annexiasi haqida e’lon qilganidan bir kun o‘tib Ukraina nazoratiga qaytarildi. Liman front chizig‘idan olisda joylashgan bo‘lsa-da, Rossiya qo‘shini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda — mahalliy aholi vakillari mart oyi oxirida Estoniyaning ERR nashriga «zarbalar qariyb har hafta kelishi» haqida aytgandi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi okoplarda turgan ukrain jangchilari

Rossiya 2022 yil iyulidan buyon Baxmutni egallashga urinib kelmoqda. Ukraina qurolli kuchlarining ayni vaqtda pozitsiyalarida shiddatli janglar ketayotgan 80-desant-shturm brigadasi jangchilari aprel oyi boshida «Nastoyashcheye Vremya» bilan suhbatda aytishicha, vaziyat «nazorat ostida». «Bir oy muqddam dushman har tomondan hujum qilayotgandi. Ammo hozirda ular qandaydir ustuvor yo‘nalishni tanlab hujumga o‘tmoqda», — deya qayd etgan ukrain harbiylaridan biri jurnalistlarga.

Shu bilan birga, Kreml ta’siridagi OAV va telegram-kanallar Ukraina QK safidagi anonim manbalariga tayangan holda Ukraina qo‘shini «Baxmutni yoppasiga tark eta boshlagani» haqida yozmoqda. «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin esa Ukraina armiyasi Baxmutdan chekinmaganini aytmoqda. «Raqib hech qayerga chekinmoqchi emas, ular shahar ichida mudofaa chiziqlari tashkil qilgan», degan u. U o‘zi yaqin munosabatda bo‘lgan Sergey Surovikinni ham ilk marta tanqid qildi: «Surovikinni anchadan beri ko‘rganim yo‘q, kim biladi u nimalar bilan band ekan», dedi Prigojin.

5 aprel kuni Volodimir Zelenskiy Polsha prezidenti Andjyey Duda bilan suhbatda «[Baxmutdagi] shaxsiy tarkib qurshovga tushib qolishi xavfi paydo bo‘lsa, „to‘g‘ri qaror“ qabul qilinishi» haqida aytdi.

Hozircha ukrain harbiylari shahar mudofaasini tutib turibdi — quyida 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning pozitsiyalari aks etgan suratlar.

Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA
Kai Pfaffenbach / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainaning ozod etilgan hududlaridagi hayot 

Donetsk oblasti Lisovka qishlog‘ida yashovchi kishi o‘z uyi hovlisida metallol yig‘moqda. Metallar orasida — rossiyaliklarning «Uragan» rusumli baravar o‘t ochish reaktiv tizimi qoldiqlari ham bor.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastida, Izyumdan taxminan 20 kilometr masofadagi Studenok  qishlog‘ida zarbalar oqibatida shikastlangan elektr uzatish liniyasini ta’mirlayotgan ishchilar. Ukraina armiyasi Studenokni 2022 yil 15 sentabrida ozod etgandi, ammo RF qo‘shini qishloqni o‘qqa tutishda davom etmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Quruvchilar Kiyev oblastining Irpin shahridagi maktabda ishlamoqda. RF armiyasi Irpinni 2022 yil martida bosib olgandi, 28 mart kuni shahar Ukraina nazoratiga qaytdi. Irpin ozod etilgach, bu yerda Rossiya okkupatsiyasi vaqtida halok bo‘lgan 269 kishi jasadi aniqlangandi. Foto: Roman Pilipey / Getty Images

Mavzuga oid