Dunyodagi eng xavfli vulqonlardan biri faollashdi
Kolumbiyada vulqon faolligi bo‘yicha «to‘q sariq» signal e’lon qilindi.
Kolumbiyada dunyodagi eng xavfli vulqonlardan biri hisoblangan Nevado-del-Ruisning faolligi oshgani alomatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Fox 6 Now xabar berdi.
Kolumbiya hukumati «to‘q sariq» rangli ogohlantirish e’lon qildi. Kolumbiya Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Nevado-del-Ruis mintaqasi vulqonidagi faollik 38 yil oldingi darajaga ko‘tarilgan. O‘sha vaqtda (1985 yil 13 noyabrda) vulqon otilishi kamida 25 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.
Nevado-del-Ruis yaqinida joylashgan qishloqlarda taxminan 57 ming kishi istiqomat qiladi. Prezident Gustavo Fransisko Petro Urrego odamlarni evakuatsiya qilishga chaqirdi va hukumatdan javob choralarini tezlashtirishni so‘radi.
«Biz favqulodda xizmatlarga murojaat qildik va yuqori xavf ostida bo‘lgan 2,5 ming oilani evakuatsiya qilishni tezlashtirishni so‘radik», dedi u bayonotda.
Mavzuga oid
10:06 / 23.08.2024
Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismida yana vulqon otildi
12:23 / 13.08.2024
Kolumbiyada harbiylashgan guruh tomonidan ushlab turilgan 66 askar ozod qilindi
20:01 / 28.07.2024
Erkaklar va ayollar alohida yashaydigan, toshda taom tayyorlaydigan qabila bilan yashagan o‘zbekistonliklar
17:24 / 07.07.2024