Iqtisodiyot | 11:50 / 14.04.2023
27462
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3 oyda eng ko‘p Rossiya kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etildi

3 oyda eng ko‘p qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi korxonalar tashkil etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2023 yilning yanvar-mart oylarida respublikada xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda – 243 ta.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni mos ravishda 118 ta hamda 67 ta bo‘lgan Xitoy va Turkiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Qozog‘iston – 57 ta;
  • Koreya – 28 ta;
  • Tojikiston – 18 ta;
  • Qirg‘iziston – 16 ta;
  • Turkmaniston – 14 ta;
  • AQSh – 11 ta;
  • Germaniya – 10 ta;
  • boshqalar – 177 ta.

Mavzuga oid