Twitter yangilanmoqda: 10 mingta belgi va monetizatsiya
Twitter Blue obunachilari endi standart 280 ta emas, balki 10 mingta belgili tvit yozishi mumkin.
Twitter kompaniyasi Twitter Blue obunachilari uchun yangiliklar joriy qildi. Endi ular standart 280 ta emas, balki 10 mingta belgili tvit yozishi mumkin. Bundan tashqari, matnni kursiv yoki yirik harflar yordamida formatlashi ham mumkin.
Yana bir muhim yangilanishni Twitter rahbari Ilon Mask e’lon qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi kontentni monetizatsiya qilish tizimi takomillashtirilganini aytdi. Yil davomida foydalanuvchilar ishlab topgan barcha pullarini standart komissiya chegirib tashlangan holda olishi mumkin — Android va iOS uchun 30%, veb uchun 8%.
Twitter o‘z komissiyasini bir yildan so‘ng olishni boshlaydi, deb qo‘shimcha qildi Mask.
Hozirda kontent yaratuvchilari oyiga $2,99, $4,99 va $9,99 obunalarini taklif qilishi mumkin. Twitter qoidalariga ko‘ra, ijodkorlar monetizatsiya huquqiga ega bo‘lishi uchun kamida 18 yoshda bo‘lishi, 10 mingta faol foydalanuvchiga ega bo‘lishi va oxirgi 30 kun ichida kamida 25 marta tvit yozgan bo‘lishi kerak.
Hozircha Twitter monetizatsiya dasturidan faqat AQSh aholisi foydalanishi mumkin. Biroq Maskning aytishicha, kompaniya boshqa mamlakatlarda ham uni joriy qilish ustida ishlamoqda.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024