O‘zbekiston | 09:00 / 14.04.2023
5404
10 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Viessmann'dan VITODENS isitish qozonlarining oilasi – hatto anomal sovuqda ham ishonchli issiqlik!

Bu qish qanday sovuq bo‘lgani esingizdami? Iqlim o‘zgaryapti, bu esa hatto O‘zbekistonda ham -30 gacha sovuq bo‘lishi mumkinligi va biz ularga tayyor turishimiz kerakligini anglatadi. Bu sovuqlarga har qanday texnika ham bardosh bera olmaydi. Hatto qahraton sovuqda ham ishonchli kafolat berishga va siz hamda yaqinlaringizni issiqlik bilan ta’minlashga qodir isitish jihozi bormi?

Yechim bormi?

Isitish qozonlari ichida o‘z “Tesla”si mavjud – bu Viessmann innovatsion kompaniyasidir. Isitish tizimlari ishlab chiqarishda jahonning ilg‘or yetakchilaridan biri bo‘lib, 1917 yildan beri faoliyat yuritadi, O‘zbekistonda esa, rasmiy vakolatxonasi qariyb 20 yildan buyon ishlab keladi. Bu yillar davomida ishonchli nemis jihozi mahalliy bozorda yetakchilardan biri maqomini egalladi. Gaz va elektrning tejamli iste’moli, innovatsion yechimlar va hatto gazning minimal bosimida ham ishonchli ishlash Viessmann`ning  VITODENS oilasiga mansub qozonlarini har qanday maydonga ega binolar uchun ishonchli yechimga aylantirdi.

Kondensatsion qozonlarga o‘tish nega kerak?

An’anaviy isitish qozoni – bu mexanika, kondensatsion esa – avtomat. Zamonaviy konstruksiya tufayli kondensatsion qozon FIKi qariyb 12% ga yuqori, bu binoni isitishni yanada tejamkorroq, qulayroq va ekologik tozaroq qilish imkonini beradi. Kondensatsion qozon tanlar ekansiz, siz isitish muammosini unutasiz, bunday jihoz kamida 15-20 yil dolzarbligini yo‘qotmaydi.

 Viessmann qozonlarining baxtli sohiblari o‘tgan qishni o‘z uylarida qulaylik va issiqda o‘tkazdilar. Siz ham shuni xohlaysizmi? Ushbu maqolada Viessmann`dan VITODENS oilasiga mansub eng mashhur va xaridorgir modellar haqida so‘zlaymiz.

Jozibali narxlarda ekologik toza va innovatsion isitish – Vitodens 100-W

Kam to‘lov bilan uy yoki xonadonni isitish tizimini modernizatsiyalamoqchi bo‘lsangiz, Vitodens 100-W seriyasidagi yangi osma kondensatsion gaz qozonlari ideal yechim bo‘ladi. MatriX-Plus innovatsion gorelkasi kabi zamonaviy texnologiyalar va Lambda Pro yonishni boshqarishning intellektual tizimi yoqilg‘i sarfining kam bo‘lishini va CO2 kam chiqarilishini ta’minlaydi. Bu nafaqat hamyoningiz, balki ekologiya haqida ham qayg‘urish imkonini beradi. Zamonaviy dizayn va boshqarishning soddaligi qozonni bu yo‘nalishda yetakchiga aylantiradi.

Ushbu modelning asosiy afzalliklari:

●       ViCare ilovasi va o‘rnatma WiFi interfeysi orqali sodda, intuitiv tushunarli boshqaruv;

●       Lambda Pro yonish avtomatik kontrolleri tufayli foydalanishning yuqori darajada xavfsizligi;

●       MatriX-Plus gorelkasi tufayli yuqori samaradorlik va CO2 tashlamasining past darajasi;

●       Sensorli 3,5 dyuymli displey tufayli sodda boshqaruv;

●       “H2Ready” – 20% vodorod aralashmasili gazda ishlash qobiliyati;

●       Quyosh kollektorlari bilan integratsiyalash imkoniyati.

Foto Viessmann. Vitodens 100-W

Boylersiz katta hajmda issiq suv – Vitodens 111-W

Bunday qozon issiq suv ko‘p kerag-u, lekin bahaybat to‘plovchi boylerni o‘rnatishga joy bo‘lmagan katta oilaga to‘g‘ri keladi. Vitodens 111-W – bu bir vaqtda isitish hamda uchta nuqta – dush, yuz-qo‘l yuvgich va vannaga issiq suv qulay yetkazishga mo‘ljallangan kondensatsion osma gaz qozondir. Uyda bir vaqtning o‘zida yuvinish, idish-tovoq yuvish va dush qabul qilish mumkin – issiq suv hammaga yetadi!

Hajmi 46 litrli to‘plovchi idish va qo‘shimcha oqar issiqlik almashgich majmui qisqa vaqt ichida katta hajmda issiq suv berish imkonini yaratadi. Masalan, 140 litrli standart vanna atigi 8 daqiqada to‘ladi!

●       Oddiy ikki konturli qozon suvning bosimi past bo‘lganda issiq suv bermaydi – aralashtirgichdan kelayotgan oqim buning uchun yetarli bo‘lmaydi. Vitodens 111-W minimal bosim bo‘yicha cheklovlarga ega emas – sovuq suv kelishining bosimi qanchalik past bo‘lmasin, issiq suv doim mavjud bo‘ladi.

●       Qozon resirkulyatsiya chizig‘i shunday tuzilganki, issiq suv jo‘mrakka DARHOL keladi – sovuq suv chiqib ketguncha suvni yoqib, kutib turish shart emas.

●       Elektr o‘chganda to‘plovchi idishdagi issiq suv zaxirasi (46 l) dush qabul qilish jarayonini tugatib olish uchun yetarli bo‘ladi.

Osma qozonning zamonaviy va nazokatli dizayni intererga nafis uyg‘unlashadi, jihozning yechiluvchan qulay qopqog‘i esa, servis xizmatini ko‘rsatish uchun barcha asosiy bog‘lamalarga to‘siqsiz yetib borishni ta’minlaydi. Qozonni boshqarish juda oson – buni ViCare ilovasi orqali masofadan bajarish mumkin.

Ixcham bo‘lgan holda ajoyib unumdorlik – Vitodens 050-W

An’anaviy qozon narxidagi ikki konturli osma kondensatsion qozon, u quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:

●       Inoks-radial isitish yuzasi va samarali po‘lat tufayli, qozon o‘ta chidamli.

●       MatriX-Plus gorelkasi va Lambda Pro tizimi ishonchli ishlash va yoqilg‘ining tejamli sarfini ta’minlaydi.

●       Svetodiodli displey orqali, sensorli tugmalar yordamida sodda va intiutiv tushunarli boshqaruv.

●       Ixcham hajmlar va shovqin darajasining pastligi qozonni yashash xonalari, masalan, oshxonaga o‘rnatish imkonini beradi.

Ushbu model – xonadonlar uchun ajoyib yechim. Narxi bo‘yicha u an’anaviy qozon bilan amalda bir darajada, biroq bu zamonaviy kondensatsion qozon ancha tejamkor va ishonchlidir.

Foto Viessmann. Vitodens 050-W

Masofadan boshqarishning qulayligi – Vitodens 200-W

Zamonaviy, ajoyib ko‘rinishga ega, intellektual qozon balandligi sozlanadigan – kerakli balandlikka o‘rnatish mumkin bo‘lgan qulay sensorli ekranga ega. Qozonni boshqarish yanada soddalashdi – ViCare ilovasi buni smartfon yoki planshet ilovasi orqali amalga oshirish imkonini beradi. Isitishni masofadan yoqing – Vitodens 200-W sizga qulay bo‘lishi haqida qayg‘uradi. Qozon ishlashida kutilmagan uzilishlar ro‘y berganda esa, ilovada muammoning batafsil tavsifi keltirilgan xabarnoma olasiz.

Zamonaviy MatriX Plus gorelkasining yangicha formati nihoyatda shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadi. Zanglamas po‘latga yuqori harorat ta’sir qilmaydi, bu uning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. Xiralashtirilgan qoplama zamonaviy intererning ajoyib davomiga aylanadi.

Yonishni boshqarishning avtomatik tizimi gaz bosimi o‘zgarishini nazorat ostida ushlaydi. Bu esa, binodagi qulay issiqlikni yo‘qotmay, gaz iste’molini sezilari kamaytiradi.

Foto Viessmann. Vitodens 200-W

Intuitiv boshqaruvga ega isitish qozonlarining yetakchisi – Vitodens 222-F

Eng benuqson va zamonaviy modellardan biri, u har bir detalning ishonchliligi va yechimlarning innovatsiyaviyligini ta’minlaydi. Ushbu modelning o‘ziga xos jihati – 130 litrli spiral-quvurchali idishli suv isitgich, u soatiga 600 litrgacha issiq suv uzatish imkonini beradi. Inox Radial radial issiqlik almashgichi mustahkam metall qorishmasidan ishlangan bo‘lib, isitish sifati va samaradorligini yo‘qotmagan holda jihozning uzoq ishlashini ta’minlaydi.

Vitodens qozonlarining barchasi haroratga bog‘langan issiqlik generatsiyasi rejimiga ega, bunda jihoz ko‘chadagi haroratga moslashadi  va binodagi issiqlikni kerakli darajada ushlab turish uchun avtomatik ravishda quvvatni sozlaydi. Bu gazni sezilarli tejash imkonini beradi!

Foto Viessmann. Vitodens 222-F

Qurilish boshlayapsizmi, ta’mirlayapsizmi yoki qozonni zamonaviyroq va ishonchlirog‘iga almashtirmoqchimisiz? Oilangizning uzoq yillar qulay va issiq muhitda yashashi sizning tanlovingizga bog‘liq. Kelajak haqida bugun qayg‘uring.

Viessmann qozonlarini xarid qilar ekansiz, siz bepul ishga tushirish-sozlash xizmatiga, bir yillik bepul servis xizmatini ko‘rsatish va jihoz uchun 2 yillik kafolatga ega bo‘lasiz.

Qanday qozon tanlashni bilmayapsizmi? Isitish tizimlari bo‘yicha tajribali muhandis maslahati kerakmi? Viessmann mutaxassislari xizmatingizga shay. O‘zingizga qulay yo‘l orqali savollaringizni bering:

Telegramm: https://t.me/MansurovFS

Telefon:  +998907995445,  +998900211211

Isitish tizimlari ishlab chiqarishda jahonning ilg‘or yetakchilaridan biri, Viessmann kompaniyasi sizning uyingiz uchun oy oxirigacha ishonchli isitish uskunalarini sotib olishda qulay shartlarni taklif qiladi. Doimo uyingiz issiq, qalbingiz qaynoq bo‘lsin!

Mavzuga oid