Jahon | 11:50 / 15.04.2023
8543
2 daqiqa o‘qiladi

ISW: Tinch okeani floti mashqlari - Rossiyaning Xitoyni jalb qilishga urinishi

AQSh Urushni o‘rganish institutining (ISW) yangi sharhiga ko‘ra, Kreml Rossiyaning Tinch okeanidagi dengiz kuchini namoyish qilish uchun mashqlarni boshlash orqali Xitoyni ko‘proq jalb qilishga umid qilmoqda. 

Foto: CNN

Tahlilchilar fikricha, Tinch okeani flotini yuqori jangovar shay holatga keltirish orqali Moskva Pekinga Rossiya Xitoyning Tinch okeanidagi xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashi hamda Tinch okeani davlati sifatida harakat qila oladigan teng huquqli harbiy hamkor bo‘lib qolishiga ishora qilmoqda.

Bundan tashqari, Kreml 19-21 may kunlari Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti oldidan Yaponiyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatish uchun Tinch okeani flotini mashqlaridan foydalanishi mumkin, deydi ISW ekspertlari. 

Sharhda ta’kidlanishicha, Rossiya G‘arbning Kiyevga ko‘proq yordam berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «G‘arbga qarshi shunga o‘xshash axborot operatsiyalari va namoyishkorona harakatlarni amalga oshiryapti», ammo Moskvaning harakatlari «hech qachon haqiqiy keskinlashuvdan xabar bermagan». 

Shu bilan birga, Rossiya harbiy-dengiz flotining Tinch okeani flotida Yaponiyaga haqiqatan ham tahdid soladigan yoki Xitoyni Rossiya teng harbiy kuch ekanligiga ishontirishga yaroqli pozitsiyani egallash uchun kerakli darajada jangovar kuch yetishmayapti, deya xulosa qilgan tahlilchilar.

Mavzuga oid