Kiyev «yettilik»dan 5 mlrd dollardan ortiq qo‘shimcha yordam bo‘yicha kafolat oldi
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Telegram'da Vashingtonga tashrifi chog‘ida erishilgan moliyaviy kelishuvlar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, «yettilik» mamlakatlari moliya vazirlari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Kiyev Ukrainaga 5 milliard dollardan (4,50 milliard yevro) ortiq miqdorda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish kafolatini olgan.
«Biz Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya bilan qo‘shimcha yordam paketlari bo‘yicha kelishib oldik», dedi Shmigal.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Shveytsariya yaqin olti yil ichida Kiyevga 1,8 milliard frank (1,8 milliard yevro) beradi. Daniya 1 milliard yevrolik maxsus jamg‘arma tuzadi.
Ispaniya, Irlandiya, Yaponiya, Litva, Latviya, Islandiya va Niderlandiya ham Ukrainaga qo‘shimcha yordam taqdim etadi, deb ma’lum qildi bosh vazir.
Mavzuga oid
09:50 / 02.10.2024
Kiyev UQK harbiylarining RF askarlari tomonidan o‘ldirilishini tergov qilmoqda
12:30 / 30.09.2024
Kiyev Bernni XXR «tinchlik tashabbusini» qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qildi
10:30 / 30.09.2024
GFR kanslerligiga nomzod: Kiyev uchun g‘alaba - hududlar nazorati
09:30 / 26.09.2024