Newsweek: Pentagon maxfiy hujjatlarida Ukraina qarshi hujumining taxminiy sanasi ko‘rsatilgan
Pentagon va Amerika razvedkasining ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan hujjatlarida Ukraina armiyasining rejalashtirilgan yurishi (yoki qarshi hujumi, jurnalistlarga ko‘ra, ikki variant ham uchraydi) sanasi keltirilgan — bu 2023 yil 30 aprelidir.
Newsweek nashrining yozishicha, Pentagon va razvedka yurishda to‘qqizta brigadadan foydalanish rejalashtirilgani haqida xabar qilgan. Ularning Ukraina ittifoqchilaridan texnikaga bo‘lgan ehtiyoji 253 ta tank, 381 ta mexanizatsiyalashgan mashina, 480 ta motorli mashin, 147 ta artilleriya quroli, shuningdek, 571 ta maxsus zirhlangan Humvee rusumli avtomobillariga baholangan.
Newsweek nashrining yozishicha, hujjatlardan xulosa qilish mumkinki, Ukrainaning ittifoqchilari ukrain harbiylarini hujumga tayyorlashda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi. Lekin jangchilarni tayyorlash Ukrainadan tashqarida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
Maxfiy hujjatlar tarqalib ketganidan keyin Ukrainaning hujum bo‘yicha rejalari o‘zgargani yoki yo‘qligi ma’lum emas. Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lumotlar sizib ketgani «hujum amaliyotlarining real natijalari»ga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmasligini aytgandi.
Jurnalistlar o‘rgangan hujjatlarning haqqoniyligi tasdiqlanmagan. Ekspertlar qayd etishicha, sizdirilgan hujjatlar kamida qisman tahrirlangan.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024