Jahon | 08:14 / 17.04.2023
4626
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Slovyanskka raketa hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Slovyanskka raketa hujumi qurbonlari soni 13 kishiga yetdi. Qutqaruvchilar 14 aprel kuni Rossiya o‘qqa tutishi natijasida vayron bo‘lgan besh qavatli turar joy binosi o‘rnida qidiruv-qutqaruv ishlarini yakunladi.

Foto: Telegram / ermaka2022

Uy vayronalari ostidan 15 kishi chiqarildi. Ulardan besh nafari, jumladan 14 yoshli qiz tirik qolgan. Yana 10 kishi, jumladan, ikki yoshli bola halok bo‘ldi. Hammasi bo‘lib, Slovyanskning o‘qqa tutilishi natijasida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi yaralandi.

Rossiya qo‘shinlari 14 aprel kuni Ukrainaning Slovyansk shahrini (Donetsk viloyati) o‘qqa tutdi va bir necha uyni vayron qildi. Biroz avvalroq, rossiyaliklar shaharga S-300 raketalari bilan ham zarba bergan edi. 

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak so‘zlariga ko‘ra, shahardagi 8-maktab hududida kamida 7 ta portlash sodir bo‘lgan. 

Slovyansk ma’muriyati rahbari Vadim Lyax yozganidek, rossiyaliklar S-300 raketalari bilan zarba bergan. U zarbalarni 2023 yil boshidan beri sodir bo‘lgan eng ommaviy o‘qqa tutishlardan biri deb atadi. 

Mavzuga oid