Jamiyat | 19:00 / 19.04.2023
21446
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Korzinka mahsulotlar narxlari pasayishini ma’lum qildi

Supermarketlar tarmog‘ida mol go‘shti, tovuq go‘shti, sabzavot va mevalar uchun 13%gacha chegirmalar amal qiladi.

Korzinka supermarketlar tarmog‘i muntazam ravishda o‘z mehmonlarini unumli takliflar, xususan, ajoyib chegirmalar va qimmatbaho sovrinlarga to‘la aksiyalar bilan xushnud etib keladi. Sanoqli kunlar avval, 36 toifadagi tovarlar uchun bojlar nollashtirilishidan so‘ng Korzinka birinchilardan bo‘lib 400dan ziyod tovarlarga narxlarni #InsonQadriUchun deya nomlangan aksiya doirasida pasaytirdi. Hozirda supermarketlar tarmog‘ida chegirmalarning yangi to‘lqini - bir qator mevalar, barra sabzavotlar, mol va tovuq go‘shtlarining turli qismlari uchun amal qilmoqda.

Katalogdagi tovarlarning bir qismi uchun faol narxlar quyidagicha:

●          Mol biqin go‘shti — 69 990 so‘m/kg;

●          Mol to‘sh go‘shti — 59 990 so‘m/kg;

●          Tovuq boldiri — 35 990 so‘m/kg;

●          Tovuq lahmi — 38 990 so‘m/kg.

●          Yosh kartoshka — 14 990 so‘m/kg;

●          Sara sarimsoq — 7 990 so‘m/bog‘;

●          Yangi lavlagi — 6 990 so‘m/kg;

●          “Golden” olmalari — 14 990 so‘m/kg;

●          Bananlar — 21 490 so‘m/kg;

●          “Zahedi Dates” xurmolari — 23 990 so‘m.

Ko‘klam - barra va foydali sabzavot hamda ko‘katlar, yengil, tanga darmon sho‘rvalar pallasi hamdir. Korzinkaga xaridlarga kelib, siz sevimli taomlaringizni tayyorlash uchun zarur va sara masalliqlardan butun bir aravachani to‘ldirib ketsangiz bo‘ladi. Yangi kartoshka bilan sarimsoq va ko‘katlar uyg‘unligi - birpasda kechki ovqatni hozirlab tashlash uchun qo‘l kelsa, barra mol go‘shti - to‘yimli go‘shtli taom durdonalari uchun judayam mos keladi. Shirindan-shakar qulupnaylar, suvli-sharbatli olmalar va yetilib pishgan bananlar to‘la lagan istalgan dasturxon uchun munosib bezak va eng asosiysi, tanga darmon quvvat manbai bo‘la oladi.

Arzonlashtirilgan narxdagi barcha mahsulotlar bilan Korzinka saytidagi katalogda tanishish mumkin.

Korzinka supermarketlar tarmog‘ida 2023-yil aprel oyi oxirigacha oshirilgan keshbek aksiyasi amal qiladi. Undan foydalanib, xaridlaringizni odatdagidan unumli etish mumkin. Axir Korzinka mobil ilovasida bank kartangizdan to‘lov qilib, 3,3%gacha keshbek olish mumkin.

Telefon: (+998) 78−140−14−14.

Facebook: fb.com/korzinkauz

Instagram: @korzinkauz

Telegram: t.me/korzinka_uzb

Reklama

Mavzuga oid