Jahon | 08:33 / 19.04.2023
9215
2 daqiqa o‘qiladi

The Guardian: G‘arb Rossiyaning «ekstremal taktikasi»ga tayyorlanmoqda

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan «katta yettilik» mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari sammitida Britaniya rasmiylari Rossiyaning annexia qilingan Ukraina hududini saqlab qolish uchun «ekstremal taktika»ga kirishishiga tayyor bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Reuters

G‘arb yetakchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada UQKning kutilayotgan qarshi hujumiga javoban «qolgan barcha vositalardan», jumladan, yadroviy qurol va kiberhujumdan foydalanishi mumkinligiga tayyorlanmoqda.

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan G7 tashqi ishlar vazirlari sammitida Britaniya rasmiylari Rossiyaning Ukraina hududini ushlab qolish bo‘yicha ekstremal taktikasiga «tayyor bo‘lish kerakligini» aytdi. Shu munosabat bilan jurnalistlar Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevning Ukrainaning Qrimni qaytarib olishga bo‘lgan urinishlari mamlakati uchun «barcha himoya vositalaridan, shu jumladan yadroviy doktrinada ko‘zda tutilgan choralardan foydalanish uchun asos bo‘ladi» degan mart oyidagi bayonotini eslatdi.

Gazetaning «katta yettilik» a’zo davlatlari rasmiylari bayonotlariga tayanib yozishicha, Ukraina mojarosini hal qilishning «kelajak istiqbollari» bo‘yicha muzokaralar chog‘ida «ochiq fikr almashuvi» bo‘lgan. Shu tariqa Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak urush muzokaralar stolida yakunlanishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, nashrning Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligidagi manbalari fikricha, Putin uchun «bu mojaroni hal etishning yagona yo‘li» - Rossiya qo‘shinlarini Qrimdan olib chiqib ketish, G‘arb uchun esa - Kiyevni «ishni yakunlash uchun vositalar bilan ta’minlash», deb ta’kidlaydi jurnalistlar.

Mavzuga oid