O‘zbekiston | 15:42 / 20.04.2023
13069
2 daqiqa o‘qiladi

Hayit munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 reysga qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

20, 22 aprel kunlari 156-sonli Toshkent—Xiva yo‘nalishi:

Toshkent 15:39 — Xiva 6:58

21, 23 aprel kunlari 155-sonli Xiva—Toshkent yo‘nalishi:

Xiva 8:28 — Toshkent 00:30

Shuningdek, 21 aprel kunidan 24 aprel kunigacha 767/768-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand «Afrosiyob» elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu yo‘lovchi poyezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi:

Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

768-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi:

Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Mavzuga oid