Jahon | 08:32 / 24.04.2023
5295
2 daqiqa o‘qiladi

Boku Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ o‘rtasida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatdi

Boku Yerevanni harbiylar va o‘q-dorilarni Ozarboyjon hududiga o‘tkazishda aybladi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘da provokatsiyalar sodir etilgani haqida xabarlar bor.

Foto: AFP

Ozarboyjon davlat chegara xizmati Tog‘li Qorabog‘ va Armaniston o‘rtasida nazorat-o‘tkazish punkti tashkil etilganini ma’lum qildi. 23 aprel, yakshanba kuni Boku Yerevanni harbiylar, o‘q-dori va boshqa harbiy texnikalarni Armanistondan Ozarboyjon hududiga olib o‘tganlikda aybladi va ular “2020 yil 10 noyabrdagi uch tomonlama bayonotga zid ravishda” nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatishga majbur bo‘lganliklarini ma’lum qildi. 

Davlat chegara xizmati bayonotida, shuningdek, nazorat-o‘tkazish punkti bir kun avval Armaniston tomonidan xuddi shunday chegara punkti qurilganidan keyin Lochin-Xonkendi yo‘lining kirish qismida o‘rnatilgani ham ko‘rsatilgan. Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi va Rossiya-Turkiya monitoring markazi nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatilgani haqida ma’lum qildi.

Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi 2020 yil 10 noyabrdagi uch tomonlama bayonotga zid ravishda Armaniston ikki yarim yil davomida Lochin-Xonkendi yo‘lidan noqonuniy foydalangani va u bilan bog‘liq xavfsizlik tahdidlari haqida ma’lum qildi. “Bunday noqonuniy xatti-harakatlarga Ozarboyjon hududida qolayotgan Armaniston qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining rotatsiyasi, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni olib o‘tish, terrorchilarning o‘tib ketishi, shuningdek, tabiiy resurslarni noqonuniy olib chiqib ketilishi va boshqalar misol bo‘la oladi”, - deydi Baku.

Bundan tashqari, Ozarboyjon TIV 22 aprel kuni mamlakat qurolli kuchlarining yuk mashinasi arman minasi tomonidan portlatilgani, natijada ozarboyjonlik uch nafar harbiy xizmatchi yaralangani haqida ma’lum qildi.

Mavzuga oid