O‘zbekiston 3 oyda Rossiyaga qariyb 740 mln dollarlik mahsulotlar sotdi
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 736,2 mln dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 336,4 mln hamda 334,1 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Turkiya va Xitoy joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
— Qozog‘iston – 280 mln;
— Afg‘oniston – 178,2 mln;
— Qirg‘iziston – 166,2 mln;
— Tojikiston – 117,7 mln;
— Fransiya – 97,1 mln;
— BAA – 47,1 mln;
— Pokiston – 44,4 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
20:17
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
13:46
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
13:19