O‘zbekiston | 14:25 / 24.04.2023
11392
1 daqiqa o‘qiladi

Tatariston rahbari O‘zbekistonga keldi

Tatariston rahbari Rustam Minnixonov O‘zbekistonga uchib keldi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar bermoqda.

Rustam Minnixonovni Toshkent aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Rossiya elchisi Oleg Malginov kutib oldi.

Tatariston delegatsiyasining asosiy maqsadi – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish.

Bundan tashqari, Rustam Minnixonov Qozon Federal universiteti Jizzax filialidagi yangi Tibbiyot ta’lim markaziga tashrif buyuradi, “Jizzax” texnoparki ochilishida qatnashadi.

Mavzuga oid