WP: Kiyev urushning bir yilligi munosabati bilan Moskvaga zarba bermoqchi bo‘lgan
2023 yil fevralida Kiyev Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining bir yilligi munosabati bilan Moskvaga zarba berishni rejalashtirgan edi, deb yozadi The Washington Post AQSh Milliy xavfsizlik agentligining maxfiy hisobotiga tayanib.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») boshlig‘i Kirill Budanov ofitserlardan biriga 24 fevral kuni keng ko‘lamli zarbalarga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan, shu qatorda Rossiya Federatsiyasining Qora dengiz porti joylashgan Novorossiyskka hujum qilish mo‘ljallangan edi, deb yozadi gazeta.
Bu Ukrainaning dushman hududiga chuqur zarba berish qobiliyatini ko‘rsatadigan yirik ramziy operatsiya bo‘lishi nazarda tutilgandi, deya ta’kidlanadi hujjatda.
22 fevral kuni AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tomonidan e’lon qilingan yana bir maxfiy hujjatda aytilishicha, «GUR» «Vashington iltimosiga binoan» Moskvaga zarba berishni keyinga qoldirishga rozi bo‘lgan, deb ta’kidlaydi WP.
Mavzuga oid
09:50
Kiyev UQK harbiylarining RF askarlari tomonidan o‘ldirilishini tergov qilmoqda
12:30 / 30.09.2024
Kiyev Bernni XXR «tinchlik tashabbusini» qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qildi
10:30 / 30.09.2024
GFR kanslerligiga nomzod: Kiyev uchun g‘alaba - hududlar nazorati
12:12 / 28.09.2024