Jahon | 15:05 / 25.04.2023
16244
6 daqiqa o‘qiladi
Donbassda 14 bor «qo‘ldan qo‘lga» o‘tgan qishloq va Baxmut atrofidagi artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 425-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF hukumati Davlat dumasiga Rossiyani tark etganlar uchun 30 foizlik daromad solig‘i joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. RF moliya vazirligi ma’lum qilishicha, bunday tuzatish «mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlovchi xodimlarga taalluqli bo‘lmaydi».
- Rossiyada tezkor xodimlar tomonidan tinglangan telefon muloqoti chog‘ida armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatish bo‘yicha ishda hukm o‘qildi. Bu ish bo‘yicha sobiq politsiyachi Semiel Vedel (Sergey Klokov) ayblangan, u yetti yilga koloniyaga hukm qilindi.
- 24 aprelga o‘tar kechasi Ukraina QK annexia qilingan Sevastopoldagi portga dengiz dronlari bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda shaharning Kreml tomonidan tayinlangan gubernatori Mixaylo Razvojayev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, portlash oqibatida to‘rtta uyning derazalari to‘kilib tushgan. RF mudofaa vazirligi Ukrainani Sevastopolga hujum qilish orqali bug‘doy kelishuvini buzishda aybladi.
- The Washington Post Amerika razvedkasining harbiy xizmatchi Jyek Teysheyra tomonidan sizdirilgan hujjatlari asosida yozishicha, fevral oyida AQSh Ukrainani Rossiya bosqinining bir yilligi munosabati bilan Moskva va Novorossiyskka zarba berish bo‘yicha rejani o‘zgartirishga ko‘ndirgan. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak buni konspirologiya deb atadi va bunday maqolalar faqatgina «halokatli funksiya»ni bajarishini aytdi: ular G‘arbda «Ukraina go‘yoki jiddiy qurollarni ishonish xavfli bo‘lgan aqlsiz, bachkana va ixtiyorsiz mamlakat» ekani haqida tasavvur hosil qiladi.
Kun kadri. Ukraina qurolli kuchlari askari rossiyaliklar dronini kuzatmoqda
Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Donbassdagi Bogorodichne qishlog‘ida urush izlari
Z belgisi aks etgan bosh kiyimdagi bolani so‘kkan yekaterinburgning qo‘lga olinishi
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ishontirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024